Qozog‘istonda majburan ushlab turilgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi ozod etilib, vatanga qaytarildi
- 04.08.2022 11:02
- 100
- Xorij
Uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro Olma-otadagi O‘zbekiston Bosh konsulligiga murojaat qilib, bir guruh mahalliy aholi ularga mehnat ekspluatatsiyasi maqsadida tahdid qilayotgani va 10 kishini shaxsiy buyumlari va mobil telefonlarini olib qo‘yganini ma’lum qilgan.
Bosh konsullik xodimlari Olma-otadagi huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda o‘zbekistonliklar joylashgan hududga borib holatni o‘rganishgan.
Gumondorlarga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 389-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlanganlar “Rodnik” jamoatchilik jamg‘armasi bilan hamkorlikda uch mahal ovqatlantirish sharoitiga ega xostelga joylashtirilgan.
Tergov surishturiv ishlari o‘tkazilgandan keyin, 10 nafar kishiga pasport va shaxsiy buyumlari qaytarilgan. 1 avgust kuni ular avtovokzalga “Olma-ota — Toshkent” yo‘nalishidagi reysga kuzatib qo‘yilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa