Qozog‘istondagi eng yirik neft konida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
Atirau viloyati hududida joylashgan "Tengiz" neft-gaz konidagi portlash ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi, uch nafar kishi yaralandi, deb xabar berdi Atirau viloyati politsiya boshqarmasi.
Portlash bugun, 6 iyul kuni ertalab Jiliy tumanida sodir bo‘lgan.
Voqea yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Tengizshevroyl» kompaniyasi tomonidan o‘zlashtirilayotgan "Tengiz" neft-gaz koni Qozog‘istondagi eng yirik konlardan biri bo‘lib, neft zaxiralari 3,2 milliard tonnani tashkil etadi.
Kompaniya hozirda Tengizdagi ishlab chiqarishni kengaytirmoqda, yakunlanishi 2023 yilga mo‘ljallangan loyiha qiymati 45,2 milliard dollarga baholangan.
Chevron (50 foiz) va ExxonMobil Kazakhstan Ventures Inc (25 foiz), «KazMunayGaz» milliy kompaniyasi orqali Qozog‘iston (20 foiz), shuningdek, Rossiya-Amerika SP LUKArco (5 foiz) «Tengizshevroyl» MChJ ishtirokchilari hisoblanadi. Kompaniya 1993 yildan beri faoliyat yuritadi.