"Qrimni qaytarib olamiz": Ukrainada qrimtatarlar genotsidi eslanayapti
Bugun, 18 may sanasida Ukrainada "Qrimtatarlar genotsidi xotira kuni" bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Zelenkskiy o‘zining Facebook ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikr bildirdi:
"Men ishonaman, qrimtatarlar yurtini bir kun kelib, albatta, bosqinchilardan ozod qilamiz va u yerga qrimtatar qardoshlarimiz bilan birga kirib boramiz".
Zelenskiy o‘z yozuvida "Qrimga "qirimli" qardoshlarimiz bilan boramiz" deb qrimtatar tilidagi "qirimli" so‘zidan foydalangan.
Eslatib o‘tamiz: Qrim yarim orolida yashovchi qrimtatarlar 1944 yilning, 18 may sanasida o‘zlari yashab turgan uylardan quvib chiqarilib, SSSRning boshqa hududlariga ko‘chirilgan. Ularning asosiy qismiO‘zbekistonga keltirilgan.
Stalin vafoti va undan keyin mamlakatni boshqargan Xrushev davri tugagandan so‘ng, 1967 yilda, SSSR Oliy Soveti "Qrimtatarlarning Qrimdan ko‘chirishlarini xato ish bo‘lgan" deb topgan. Oradan yillar o‘tib, 1989 yilda esa SSSR Oliy Soverti qrimtatarlar ishini qayta ko‘rib chiqib, ularning 1944 yilda Qrimdan surgun qilinganlarini "o‘sha davrdagi yuqori lavozimli rahbarlarning jinoyati" deb topgan.