Quloqchin orqali musiqa eshitmang

Olimlar 20-25 yildan keyin risoladagidek eshitadigan odamlar soni nafaqat qisqarishi, balki umuman qolmasligini bashorat qilishmoqda, deb yozadi “Mir novostey” (2020 y. 50-son) haftanomasi.

Avvalo, yoshlarning ko‘pchiligi quloqchin orqali musiqa eshitayotgani mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Faqatgina AQShda 30 million kishi uyda, ko‘chada, ishdagi shovqindan eshitish qobiliyati yomonlashganidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, ko‘pchilik dam olish, shou-tomosha, shovqin-suronli musiqadan qulog‘i qomatga kelayotganidan noliydi.

Kaliforniya universiteti olimlari yaratgan dori bu kabi xastalikning oldini oladi. Tarkibida A va Ye vitaminlar mavjud antioksidantlar eshitishni saqlaydi, hatto tiklaydi. Agar virusli infeksiya tufayli otit xastaligi paydo bo‘lsa, piyozni maydalab, bir necha qavat dokaga uni yoyib og‘rigan quloqqa bog‘lash kifoya, deydi mutaxassislar.

T.Shomurodov tayyorladi.