- Qulupnay bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishda katta yordam beradi. Chunki uning tarkibida biz o‘rganib qolgan aspiringa o‘xshash alohida modda bor.
- Qulupnayni qora qalampir va bodringga qo‘shib ham qovurib yesa bo‘ladi. Bu organizm uchun foydali. Qalampirli qulupnay ichaklardagi ortiqcha «axlat»ni yo‘q qiladi.
- Qulupnay urug‘i tarkibidagi maxsus moddalar erkaklar va ayollar jinsiy quvvatini oshirishda ahamiyatlidir. U bepushtlik xavfini 25 foizga kamaytiradi.
- Qulupnay tarkibida mis bo‘lib, kollagen ishlab chiqarilish jarayonini me’yorga keltiradi. Shuning uchun undan eng qimmat turadigan yuz kremi sifatida foydalanish mumkin. Ayollar yuziga qulupnay surganda, o‘sha qimmat krem bergan effektni yuz foiz olish imkoniga ega bo‘ladi.
- Qulupnay shirinligiga qaramay, tarkibida shakar miqdori juda kamchilikni tashkil etadi.
- Qulupnay tishlarni tozalashda tish pastasidan birmuncha ko‘proq ahamiyatga ega.
- Qulupnay ozishda tengsiz parhez taomi hisoblanadi. Parhez tutgan odam 4 kunda kamida 2,5 kilodan vazn tashlaydi.
- Qulupnay tarkibida «V» guruhga kiruvchi barcha vitaminlar mavjud. Shunday ekan, u asabiy odamlar uchun dori vazifasini ham o‘taydi. 150 gramm qulupnay asab tolalarini tinchlantirib, emotsiyani jilovlashda yordam beradi.