Qurilish sohasiga aksilkorrupsiyaviy tizimlar joriy etilgan

Viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy aksilkorrupsiyaviy tizimlarni joriy etish bo‘yicha bir qator yangiliklar joriy etildi.

- Jumladan, viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilishda davlat nazorati elektron tizimi joriy qilingan? - deydi viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev. - Bu bilan inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ob’yektlarda nazorat funksiyalari amalga oshirish ishlari raqamlashtirildi. Shuningdek, qurilishda davlat nazorati elektron tizimi my.gov.uz YaIDXPga integratsiya qilingan bo‘lib, ob’yektlarni ro‘yxatga olish, tegishli tashkilotlar bilan foydalanishga qabul qilish mazkur tizimda amalga oshirilmoqda. Bu tizimning yana bir qulayligi shundaki,  ISO 37001:2016 va ISO 9001:2015 xalqaro sertifikatiga ega va tizimga ishonch telefonlari va boshqa aloqa manzillari aks ettirilgan ko‘rgazmalar qo‘yilishi ta’minlangan. Bu esa sohada shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Binobarin, ushbu tizim orqali joriy yilda viloyatda 681 ta ob’yekt nazoratga olindi. Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan tashqari “Ogoh fuqaro” kabi bir qator elektron onlayn platformalar ham ishga tushirildi.  

Bundan tashqari, inspektorlar yaqingacha qurilish ob’yektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun planshetdan foydalanib kelgan bo‘lsa, endilikda mazkur planshetlarga qo‘shimcha ravishda ob’yektlarda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan mas’ullarga joyida ma’muriy chora qo‘rish uchun yangi maxsus planshetlar bilan ham ta’minlandi.