Quyma oltin bo‘laklarini pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.I. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor D.ga 297,57 gramm quyma oltinning 1 grammini 525 ming so‘mdan hisoblab, jami 156,3 million so‘mga sotishga kelishib, shundan, 11 300 AQSh dollari va 34,7 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.