Radar o‘rnatishning boshlang‘ich bahosi 1 million 470 ming so‘m
11 yanvar kuni viloyatning 6 ta hududida radar va kameralar o‘rnatish joylari uchun auksion savdolari bo‘lib o‘tadi.
Auksionda qatnashish uchun 441 ming yoki 661 ming so‘m zakalat puli to‘lash kifoya. Shunda siz boshlang‘ich bahosi 1 million 470 ming yoki 2 million 205 ming so‘m bo‘lgan joylardan biriga egalik huquqini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Radar va kameralar o‘rnatish joylaridan ikkitasi Oqdaryo tumani hududida qayd etilgan. Shuningdek, Narpay tumanida ham 2 ta joy auksionga chiqarilgan.
Auksion savdolari orqali Toyloq va Jomboy tumanida 1 tadan radar va kameralar o‘rnatish joylarini auksion orqali xarid qilish mumkin.