Rahbar va olimlar bog‘chada mashg‘ulot o‘tishdi

Oqdaryo tumanidagi 6- maktabgacha ta’lim tashkilotiga respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktorining o‘rinbosari M.Quronov , O‘zbekiston Milliy Universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Askarov, Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i Q.Saidovlar boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan seminar bo‘lib o‘tdi. Tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar hamda ota-onalar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” loyihasi mazmuni bo‘yicha tushuncha berildi.
Tajriba-sinov doirasida tashkilot tarbiyalanuvchilari Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga borishdi. Bu tashrifdan asosiy maqsad bolalarda jamoa bilan kirishish, ehtiyojlarini bildira olish, muloqotga kirishuvchanlik va o‘z-o‘zini eplash darajasini aniqlash va odatlantirishdan iborat bo‘ldi.