Ramazon oyi boshidan buyon saxovatpesha insonlardan "Vaqf" fondiga 772 million so‘mdan oshiq xayriya kelib tushgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fond rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqov ma’lum qildi:

O‘tgan hafta davomida:

- respublikamiz bo‘ylab 312 ta oilaga 58 150 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;

- moddiy ko‘makka muhtoj 37 nafar fuqaroga 66 600 000 so‘m pul mablag‘lari xayriya qilingan bo‘lsa, 700 dan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.

Ramazon oyining ikkinchi haftasi davomida fond tomonidan aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami va diniy ta’lim muassasalari ustoz va talabalari uchun 111 million 720 ming so‘mlik xayriya ishlari amalga oshirildi.