«Hazrati Dovud» ziyoratgohi endi tartibga tushadi

Saytimizda hamda gazetamizning 2019 yil 30 aprel, 54-55-qo‘shma sonida “Ziyoratchilar nimadan norozi?” nomli maqola chop etilgandi. Unda Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘ida joylashgan «Hazrati Dovud» ziyoratgohidagi tartibsizlik va boshqa kamchiliklar tanqid qilingandi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondining viloyat filiali rahbari Zayniddin Eshonqulovning aytishicha, Oqsoy qishlog‘i tog‘ yonbag‘rida joylashgan mazkur ziyoratgohdagi tartibsizliklar bartaraf qilingan Ziyoratchilarning g‘orga kirib-chiqishlari uchun temir panjara bilan ajratilgan alohida yo‘laklar tashkil etilib, qishning yomg‘irli, qorli va yozning jaziramasidan saqlanish uchun pana-soyabonlar o‘rnatilgan. Fordagi o‘rindiqlar ta’mirlandi. Ziyoratgohga boradigan yo‘lda elektromobillar qatnovini joriy etish masalasini o‘rganib chiqish Nurobod tumani hokimiligiga topshirilgan.

Shuningdek, hududdagi oshxona, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa ko‘ngilochar nuqtalari tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olinib, noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotganlarga ta’sir choralari ko‘rilmoqda.