Rangli metall saqlanadigan “yama” fosh etildi

Viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Samarqand tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda fuqaro A.U.ga tegishli xonadonda rangli metall parchalari “yama” sifatida saqlanib kelinayotganligi aniqlandi. Bu yerda umumiy qiymati 19,7 million so‘mlik, jami og‘irligi 401,9 kilogramm alyumin, mis, latun va qo‘rg‘oshin rangli metall parchalari "saqlanayotgan" ekan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda", deya xabar beradi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.