Ravotxo‘ja suv to‘g‘oniga Farhod haykali o‘rnatildi

Zarafshon magistral tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Urgut tumanidagi Ravotxo‘ja suv to‘g‘onining ma’muriy binosi oldida Alisher Navoiyning “Hamsa”sidagi xalq qahramoni Farhod haykali o‘rnatildi.
Viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Farhod o‘zining mehnati, xalqsevarligi, jasur va mardligi tufayli qo‘l kuchida tog‘ni teshib, xalqqa suv ulashgan qahramon timsolidir. Shu bois, haykalni qanday ko‘rinishda bo‘lishi xususida ko‘p izlandik va Farhodning qo‘lida tog‘ toshini ko‘tarib turgan holatidagi haykali tanlandi. Bu viloyatimizda suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan xodimlar yosh mutaxassislar uchun g‘urur va iftixor ramzi bo‘lib qoladi.