Ravshan Ermatov O‘zbekiston futboliga rahbarlik qiladi

FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘FA ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko‘rsatilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o‘zbek futboliga O‘FAda birinchi vitse-prezidenti javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqarilgan. O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, Ahmadjonovning o‘zi ariza yozgan.