Registon va Imom Buxoriy majmualari oliy toifali ob’yektlar sifatida ro‘yxatga kiritildi
- 12.02.2020 16:19
- 235
- Samarqand
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi “Omaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati markazidagi 29 ta, shahar va tumanlar hududidagi 77 ta ob’yektlar konstruksiyasi mustahkamligi, sig‘imi, jihozlanganligi va xavfsizlik talablariga javob berishi inobatga olinib, ijtimoiy siyosiy va ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan joy sifatida ro‘yxatga kiritildi.
Jumladan, Registon hamda Imom Buxoriy majmualari, sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, “Dinamo” o‘yingohi, Samarqand viloyati eshkak eshish maktabi kabi sport inshootlari oliy toifali ob’yektlar sifatida ro‘yxatdan joy oldi.
Shuningdek, mavjud talablar asosida istirohat bog‘lari, sport inshoootlari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari, madaniyat va san’at saroylari va restoranlar ro‘yxati shakllantirildi.