Reji Spirs qanday qilib o‘zini pochta orqali jo‘natdi?

1964 yilda avstraliyalik sportchi Reji Spirs taqdirning injiqliklari tufayli Londonda pulsiz qolib ketdi. Olimpiadadagi ishtiroki muvaffaqiyatsizlikka uchradi, hujjatlari va buyumlari o‘g‘irlandi. Qizining tug‘ilgan kuni yaqinlashgan kunlari uyiga qaytishga imkoni yo‘q edi.

Shunda u ikki yo‘li borligini angladi: ko‘chadagi uysizga aylanib qolish yoki boshqa bir yo‘l bilan Avstraliyaga qaytish. Shuning uchun u o‘zini pochta orqali yuborishga qaror qildi.

Tanishidan o‘zining bo‘yiga mos o‘lchamdagi yog‘och quti yasashni iltimos qildi. Quti ichkarisida ushlab turish uchun arqondan qilingan ilmoqlar ilib qo‘yishdi, adyol, yostiq, konservalar, suv va chiqindilar uchun idishlar joylashtirishdi.

Shubhalanishlarning oldini olish uchun qutiga poyabzal firmasi uchun bo‘yoq jo‘natmasi deb yozib qo‘yishdi.
Yetkazib berish paytida ko‘rsatiladigan haq qiymatini Avstraliyadagi manzil (qabul qilib oluvchi) to‘lab olishi kerak, degan shart bilan “yuk” jo‘natildi.
3 kunlik sayohatdan so‘ng Reji uyiga yetib keldi va qizining tug‘ilgan kunini oilasi bilan o‘tkazdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.