Respublikamizda 2019 yilda 1 mln 490 ming 660 tonna kartoshka yetishtiriladi

2019 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (2019 yil 29 mart, 259-son), deb xabar bermoqda huquqiy axborot kanali.

 Qarorga muvofiq, 2019 yil uchun respublikada:

  • jami 135 ming 641 gektar yerga sabzavot, 60 ming 156 gektar yerga poliz ekinlari joylashtiriladi hamda 2 mln 875 ming 640 tonna sabzavot, 1 mln 59 ming 240 tonna poliz ekinlari yetishtiriladi;
  • jami 57 ming 292 gektar bog‘-tok qatorlari orasida 853 ming 905 tonna sabzavot, dukkakli va poliz ekinlari yetishtiriladi;
  • 824 ming 350 gektar g‘alladan bo‘shaydigan maydonga takroriy ekin ekiladi va jami 10 mln 448 ming 780 tonna mahsulot, jumladan 789 ming 189 tonna kartoshka yetishtiriladi hamda g‘alladan bo‘shaydigan yer uchun jami 4 mlrd 292 mln 707 ming so‘m mablag‘ ajratiladi.

Yuqoridagilarni jamlagan holda 2019 yilda respublikada jami 13 mln 396 ming 437 tonna mahsulot yetishtiriladi va mahsulotlarning 1 mln 858 ming 789 tonnasi eksport qilinadi, 7 mln 784 ming 537 tonnasi ichki iste’mol uchun mo‘ljallangan.

Jami mahsulotlarning 1 mln 490 ming 660 tonnasi kartoshka bo‘lib, uning 1 mln 56 ming 903 tonnasi ichki is’temol uchun ajratiladi.