Rossiyada ishlagan yurtdoshimizga 647 ming rubl kompensatsiya undirib berildi

Fuqaro B.A. 2019 yil 15 oktyabr kuni ish joyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan va unga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida kompensatsiya pulini undirish uchun 2022 yilda ariza bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilgan.

Murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan Rossiyaning Pensiya va ijtimoiy sug‘urta fondiga bir necha bor murojaat xatlari yuborilib, muzokaralar o‘tkazildi.

Kompensatsiya puli undirib berildi. Shuningdek, fuqaroga joriy yil 1 maydan boshlab umrbod muddatga har oyda 21431 rubldan nafaqa puli to‘lanishiga erishildi.