Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2020 yil 18 apreldagi “Yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida Rossiya Federatsiyasi IIV hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar fuqaromizning maqomi qonuniylashtirildi.
Hozirgi kunda ushbu farmonga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga 2021 yil 30 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Shu fursatdan foydalanib, ushbu davlat hududida noqonuniy bo‘lib turgan vatandoshlarimizni 2021 yilning 30 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali o‘z holatini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz.
Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.
Ushbu masalada yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining quyidagi telefon raqamlari orqali orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun.