Rossiyada o‘zbek milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
- 29.10.2020 10:37
- 66
- O‘zbekiston
Hukumatning tegishli farmoyishiga binoan, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish hamda yanada kengaytirish, shuningdek, Rossiya ishbilarmonlik doiralari va jamoatchiligini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan keng tanishtirish maqsadida noyabr-dekabr oylarida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Jumladan, ko‘rgazmalar quyidagi shaharlarda bo‘lib o‘tadi:
👉 Samara - 10-14 noyabr;
👉 Sankt-Peterburg - 23-24 noyabr;
👉 Qozon - 1-2 dekabr;
👉 Moskva - 15-16 dekabr.
Shuningdek, Hukumat farmoyishi bilan mas’ul tashkilotlarga ko‘rgazmalarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tegishli topshiriqlar berildi.
Teglar:
ko‘rgazma
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Fyodor Maxnov — Vitebskning afsonaviy giganti
- Kecha, 19:27
- Sayohat
Past Darg‘om va Lida tumanlari hamkor bo‘ladi
- Kecha, 19:00
- Siyosat
Quyosh nurlari teri saratoniga olib keladimi?
- Kecha, 18:21
- Salomatlik
E’tirof mas’uliyatni yanada oshiradi
- Kecha, 16:50
- Jamiyat
Odob – inson kamolotining ziyonati
- Kecha, 15:28
- Jamiyat