Samarqandlik qurilish sohasi xodimlari Xitoydagi nufuzli ko‘rgazmada ishtirok etyapti

Shu kunlarda Samarqand viloyati hokimligi qurilish kompleksi mas’ullari va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari Xitoyning Guanjou shahrida an’anaviy tarzda 133 bor o‘tkazilayotgan "Kanton – 2023" Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Xitoyning eksport-import mahsulotlari namoyish etiladigan ushbu ko‘rgazma uch yillik pandemiya cheklovlaridan so‘ng joriy yilda ilk bor an’anaviy tarzda o‘tkazilmoqda.
Xitoyning eng qadimiy ko‘rgazmalaridan hisoblangan ushbu yarmarkada joriy yilda 35 mingdan ortiq xorijiy kuzatuvchi ishtirok etmoqda. Joriy yilgi ushbu ko‘rgazmada bevosita qatnashish uchun dunyoning 200 dan ortiq davlatidan ishtirokchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Yilda ikki bor o‘tkaziladigan ushbu yarmarkada viloyatimiz vakillari qurilish hamda boshqa sohalardagi eng so‘nggi va zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va uskunalar bilan tanishdilar. Ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida rejalar tuzildi.