Rossiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining vafot etgani, 3 nafar farzandi va opasi qiyin ahvolda qolgani hamda uning jasadini Vatanga qaytarish uchun mablag‘ yo‘qligi sababli yordam so‘ralgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, 1982 yilda tug‘ilgan, 14 yildan buyon ushbu davlatda yashab kelayotgan fuqaro O.Yo. sog‘lig‘i yomonlashgani oqibatida 2021 yilning 5 sentyabr kuni vafot etgan.
Vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar hal etilib, uning jasadi va qarindoshlari bugun O‘zbekistonga olib kelindi.