Sabaloq - qimiz solinadigan mesh
Shu nomdagi qishloq Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida bor.
Sabaloq – o‘zbek qoraqalpoqlari qoramo‘yin, kenagas-mang‘it, qoraqursoq va boshqa bir necha urug‘larga bo‘linadi. Mazkur urug‘ nomlarining ko‘pchiligi qishloq nomi sifatida etnotoponimlar tarkibidan o‘rin olgan.
Sabaloq qishlog‘i Bulung‘ur tumanidagi Qoramo‘yin deb ataluvchi hududda joylashgan.
Qoramo‘yinlarning bir tarmog‘i sabaloq deb ataladi. Etnograf olim T.Jdanko fikricha «saba» so‘zi «qimiz solinadigan mesh» ma’nosini beradi.
Sabaloq nomi bilan yuritiladigan ikkinchi bir qishloq Bulung‘ur tumanining Tongotar qishloq kengashi hududida uchraydi. Shuningdek, Jomboy tumanida ham Qo‘rg‘onsabaloq, Toshloqsabaloq, Sabaloq nomli qishloqlar bor.