Saida Mirziyoyeva: Yangiliklarning o‘z vaqtida berib borilishiga albatta erishamiz
- 14.11.2019 18:09
- 146
- O‘zbekiston
Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida barcha matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Bugun barcha matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillarini to‘plab, ikki tomonni bir-biri bilan yuzlashtirdik. Tadbirda fikrlar ochiqchasiga gapirildi, o‘rtadagi muammolar muhokama qilindi. Achchiq tanqidlar ham bo‘ldi, to‘plangan dardlar aytildi. Asosiysi, foydasi sezildi.
Sifatli hamkorlik uchun rosa kerak bunday uchrashuvlar. Bu endi tizimli bo‘ladi. Shu orqali matbuot xizmatlari tomonidan aholiga o‘z vaqtida yangiliklarni berib borilishiga erishamiz, albatta", deb yozgan Saida Mirziyoyeva.