Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sakkiz mo‘’jiza. Ularni bilasizmi?

Dunyoda 7 mo‘’jiza borligiga ishonamiz: Misr piramidasi va hokazolar aslida inson tomonidan bunyod etilgan. Haqiqiy hayotimizdagi mo‘’jizalar esa quyidagilardir:

1.Eshityapmiz!
Bir zumga eshitmay qolishni tasavvur qilib ko‘ring-a! Buni oldida manaman degan meditsina ham ojiz bo‘lib qoladi.

2. Ko‘ryapmiz!

Inson ko‘zi 296 megapiksel ko‘rishga qodir. Ko‘zlaringizni bir zumga yumib zulmatga cho‘mib ko‘ring-chi! Bir umr shunday yurishni tasavvur qila olasizmi?!

3. His qilyapmiz!
Ushlagan narsalaringizni, hidlarni his qilishga qodirsiz, dunyoni bemaza, shaklsiz his qilib ko‘ring-chi!

4. Gapiryapmiz!

Kimdir sizga gapirayapti-yu, siz javob qaytarolmay fikrlaringizni aytolmay qanday yashashingizni tasavvur qilib ko‘ring!

5. Fikrlayapmiz!
Insonning hayvondan ham farqi aynan shunda ekanini unutmang, zero fikrlash qobiliyatimizni, ongimizni yaxshiliklarga sarflash kerak!

6. Xursand bo‘lamiz!
Baxtsiz, quvonchsiz g‘am qayg‘uda bir umr yashashga sabr bardoshingiz yetarmidi?!

7. Mehr-muhabbat!

Hayotda mehr olmay, mehr bermay tosh yurak bilan yashashdan ne ma’no? Zero, gul ham mehr bilan sug‘orilgandagina unib o‘sadi!

8. Onalik baxti!
Ayolning vujudida, qoq yuragining tagida mitti yurakcha urib, 9 oy davomida shakllanib, mitti odamcha holiga kelib dunyo yuzini ko‘radi, ne azob-uqubatlarda dunyoga keltirgan ona, birgina yig‘isini eshitib cheksiz quvonadi, katta bo‘lguncha jonini beradi, azoblarini ichiga yutadi, farzandining birgina tabassumi tabassumiga dunyolarni almashadi. Onalik mo‘’jiza bo‘lmay nima?!