Sakkiz oyda 47 ta oila yarashtirildi

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida Samarqand viloyatida 33 457 ta nikoh qayd etildi. Shundan 5 284 tasi yosh oilalardir.
Yanvar-sentyabr oylarida FHDYo bo‘limlari tomonidan 100 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, 369 ta xonadonda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida 505 ta oila farzandlari tug‘ilganligi qayd etilmagan va 200 ta oiladagi er-xotin sha’riy nikoh asosida yashab kelayotganligi aniqlandi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 362 ta bolaning tug‘ilganligi, 57 ta oilaning nikohlari qonuniy tartibda qayd qilinib, erning birinchi nikohi bekor bo‘lmagan 8 ta oilaga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Asosiysi 47 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi.
DXA Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.