Samarqand aeroportida 155 million 700 ming so‘mlik yaroqsiz tibbiy uskunalar olib o‘tilishi oldi olingan

Sud fuqaro N.M.ni qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari mavjud emas, deb hisoblab, unga nistaban jazo tayinlashda muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganini inobatga olib tegishli qaror chiqardi.

Fuqaro N.M. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22719-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, sud O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon 7 oy davomida “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida 11 ta holatda 155 million 700 ming so‘mlik tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalari olib kelinishi oldi olingan.

 

Lazizi Qaxxorov,

Samarqand aeroport” chegara bojxona posti

katta inspektor-surishtiruvchisi