Samarqand shahridagi Shayboniylar dahmasi haqida nimalarni bilasiz?
Bu joy sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantiriladimi?
Registon maydonida joylashgan Bibixonim majmuasi yaqinida Shayboniylarning madrasasi bo‘lgan. Ushbu madrasa hovlisida barpo etilgan dahmada Xon va uning onasi, shayboniy sultonlar hamda malikalar dafn qilingan.
Sovet davrida shaharni obodonlashtirish bahonasida madrasa buzib tashlangan, dahma esa 1960-1962 yillarda Registon maydonidagi Tillakori va Sherdor madrasalari yaqiniga ko‘chirilgan. Dahma ustida 36 ta qabrtosh bor.
Yaqinda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ziyolilar va tarixchi-olimlar bilan uchrashuvda Samarqandning tarixini o‘rganish, Amir Temur saroyining joylashish joyini kompleks tadqiq qilish, tarixiy ob’yektlarni ilmiy o‘rganish va restavratsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Uchrashuvda Shayboniylar sulolasi tarixini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Shayboniylar dahmasi hududini obodonlashtirish taklifini bergan edim.
Viloyat hokimi va mutaxassislar taklifimni qo‘llab-quvvatladi. Jumladan, dahma atrofida ma’lumotlar taxtasini o‘rnatish va “QR-kod”li qilib joylashtirish, tilovat qilish uchun o‘tirg‘ichlar o‘rnatish, dahma yonida XIX asrda qurilgan masjid qoldiqlari, ya’ni saqlanib qolgan poydevor qismi konservatsiya qilinadigan bo‘ldi.
Xonqul Samarov,
Registon ansambli direktori.