Samarqandlik mas’ullar milliy libos kiydi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev viloyatda milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qaror bilan haftaning juma kuni viloyatda “Milliy liboslar kuni” deb nomlandi hamda “Milliylik tuyg‘usi Samarqandda” loyihasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Xalqimizning milliy madaniyatini asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, jamiyatda milliy an’ana va qadriyatlarni mustahkamlash va yoshlarga o‘rgatish mazkur loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Qaror asosida ushbu hafta juma kuni davlat idoralarida xodimlar milliy liboslar kiyib, loyihada faol ishtirok etdilar. Hokimlar va boshqa rahbarlar aholini milliy liboslarimiz kiyib, boy an’ana va qadriyatlarimizni davom ettirishga chorladi.