"Hibsga olingan" daraxt
![](https://static.zarnews.uz/crop/0/d/720__80_0db413586c00ebe59135922ebcda5330.jpeg?img=self&v=1739547077)
Pokistonda 1898 yilda “hibsga olingan” daraxt yerga zanjirband qilinganicha turadi. O‘shanda bir britaniyalik ofitser daraxt undan “uzoqlashmoqchi bo‘lgani”dan g‘azablanib, unga saboq berishga qaror qilgan edi.
Zanjirlangan yong‘oq daraxti uydirmadek tuyuladi, ammo bu voqea avloddan-avlodga o‘tib keladi. Bu Angliyaning mustamlakachi armiyasi bir vaqtning o‘zida Hindiston hududlarini bosib olib,zamonaviy Pokiston hududini egallab,Afg‘oniston tomonga yurish qilgan davrida sodir bo‘lgan edi.
Landi Kotal shaharchasida Britaniya harbiy garnizonlari joylashgan edi. Ana shunday garnizonlardan birida xizmat qilgan Jeyms Skvid kechki paytda mast holatda tarixdagi eng g‘alati hibsga olinishni amalga oshirdi.
Harbiy xodim yaqinlashmoqchi bo‘lganida daraxt undan qochishga urinayotganiga amin bo‘ldi, shunda u bu itoatsiz daraxtni hibsga olishni buyurdi.Askarlar uning buyrug‘ini bajarishdi. O‘shandan beri bu daraxt zanjirband qilinganligicha qolmoqda, undagi yodgorlik lavhasi esa qiziquvchan sayyohlarga uning hibsga olish tarixini so‘zlab beradi.
“Men hibsga olinganman, - yozilgan taxtachada. –Kunlarning birida britaniyalik juda mastholatdagi ofitser meni o‘z joyimdan siljishga harakat qilyapti, deb qaror qildi va serjantiga meni hibsga olishni buyurdi. O‘shandan beri men zanjirband qilinganman.
Pokistonning Xaybar okrugidagi harbiy shaharchayaqinida joylashgan zanjirband qilingan daraxt sayyohlar diqqatini tortib kelmoqda. Biroq mahalliy aholi bu daraxtni Britaniya hukmronligi ostidagi mahalliy aholining zulmqilinish ramzi deb biladi.
“Ushbu harakati bilan britaniyaliklar, aslida aholiga, agar ular Rajga qarshi harakat qilishga jur’at etsa, ular ham xuddi shunday jazoga duchor bo‘lishlariga shama qilishgan”, deya izoh berdi mahalliy aholidan biri.
O‘zining o‘tmishiga qaramay hibsga olingan daraxt mintaqaga juda zarur bo‘lgan turizmni olib kirgan muhim yodgorlik bo‘lib qolmoqda.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.