Samarqand davlat tibbiyot instituti yoshlari ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib bermoqda

Samarqand davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi faollari “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga o‘z hissasini qo‘shyapti. Ular viloyatimiz va Samarqand shahridagi ehtiyojmand aholi vakillariga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib bermoqda.

- Mana shunday sinovli kunlarda birligimiz va hamjihatligimiz savobli ishlar qilishga undamoqda, - deydi institutning davolash fakulteti talabasi Erkin Davronov. - Shunday ekan, savob qilishdan, insonlarga yaxshilik qilishdan tortinmaylik. Ramazon kunlari mehr-muruvvatli bo‘lishimiz bu sinovlarni tezroq ortda qoldiradi.

Institut yoshlari ko‘makka muhtoj odamlardan yordamini ayamaydi.

Odilbek AHMEDOV.