Samarqand davlat tibbiyot institutida 1-kurs talabalariga tanishuv darslar boshlandi

Bugun, 12 oktyabrdan boshlab Samarqand davlat tibbiyot instituti bakalavriatining barcha yo‘nalishlari 1-kursiga qabul qilingan talabalarga tanishuv darslari bo‘lib o‘tdi.

Unda har bir fakultet dekani talabalarga onlayn darslar qanday o‘tilishi va dars mashg‘ulotlarini qay tartibda bajarish haqida ma’lumot berdi. 

Institutda 1-kurs talabalari uchun 2-3 kungacha an’anaviy darslar tashkil etiladi. Darslarda barcha klinik bazalar va dars bo‘lib o‘tadigan institut binolari tanishtiriladi.

Barcha uchrashuvlar karantin qoidalariga va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, institut bitiruvchi kurslari uchun an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlari 10 oktyabrdan boshlangan.

Boshqa kurs talabalariga darslar institutda mukammal yaratilgan elektron platforma orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati.