Samarqand davlat tibbiyot institutida “Samarqand 2020” II Xalqaro olimpiadasi boshlandi

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro olimpiada turli mamlakatlardagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarini o‘zaro birlashtirib, tibbiyotda klinik va fundamental fanlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Ikki kun davom etadigan Xalqaro olimpiadada Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari hamda yosh olimlar uchun mahorat darslari, jamoalarning ijodiy chiqish va ishlarining tanlovi rejalashtirilgan.

Olimpiada o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilmoqda. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya davlatlarining 300 ga yaqin talaba oflayn tarzda, 2 mingga yaqin ishtirokchi onlayn tarzda qatnashmoqda. Shuningdek, olimpiadada 32 OTMdan 32 jamoaning bilimlar bellashuvi o‘tkazildi. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari va tanlovlari xorijiy mamlakatlarning tibbiyot sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Xalqaro olimpiada turli mamlakatlar talabalarini birlashtirish va madaniyatlararo professional muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qodir ekanligini isbotladi.