Samarqand davlat tibbiyot universiteti va AQSh tibbiyot maktabi hamkorligida mutaxassis almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev AQShning Missuri shtatida joylashgan Sent-Luis universiteti tibbiyot maktabiga tashrif buyurib, ta’lim jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish borasida kelishuvga erishildi.
Kelishuvga muvofiq, endilikda tomonlar travmatologiya va ortopediyada tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish tizimini yaratish sohasida tajriba almashadi. Hamkorlikda o‘quv kurslari va mahorat darslari orqali mutaxassislar tayyorlanadi va malakasi oshiriladi. Tadqiqot va maslahatlar o‘tkazish uchun mutaxassislar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.