Samarqand delegatsiyasi Xitoyda qishloq xo‘jaligi tajribasiga alohida e’tibor qaratmoqda
Xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turgan Samarqand delegatsiyasi ushbu mamlakat mintaqalari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
1 gektardan 30 tonna malina
Samarqandlik delegatsiya a’zolari Ninsya provinsiyasida malina yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi. Ta’kidlanishicha, hozirda xitoylik dehqonlar tomonidan 1 gektardan 30 tonnagacha malina hosili olinadi. Issiqxonalarda mevani yetishtirishda aholida va cheklanmagan muddatda maxsus saqlash uchun joy tayyorlangan bo‘lib, u yerda yangi nihollar parvarish qilinadi hamda undan keyin ma’qul bo‘lgan v aqtda ehtiyojdan kelib chiqib yangi nihol hosil olish uchun issiqxonalarga joylashtiriladi. Delegatsiya vakillari o‘zimizni iqlimga mos yengil konstruksiyali issiqxonada malina yetishtirish tartibi, uning afzalliklarini o‘rganmoqda.
Yerdan samarali foydalanishda Xitoy tajribasi
Xabaringiz bor, Samarqandda qishloq xo‘jaligida suv resurslarining yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida ariqlarga beton qoplama yotqizish ishlari olib borilyapti.
Xitoyda ariqlarga beton qoplama yotqizish ishlari ancha oldin boshlangan bo‘lib, bugungi kunda bu usul o‘zining ijobiy natijasini berganligini ko‘rish mumkin. Bu esa suv tanqisligi tobora avj olayotgan bugungi davrda katta ahamiyat kasb etadi. Delegatsiya a’zolari Xitoyning ushbu tajribasini bilan ham tanishmoqda.
Delegatsiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi tajriba almashish jarayonlari davom etmoqda.