Samarqand ilk bor xalqaro to‘qimachilik konferensiyasiga mezbonlik qiladi
Ertaga, 8 sentyabr kuni Samarqandda dunyodagi ikkita yirik to‘qimachilik assotsiatsiyasining birinchi qo‘shma konferensiyasi — “ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention 2024” (xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasining yillik konferensiyasi va xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining jahon moda konvensiyasi) qo‘shma konferensiyasi boshlanadi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu uch kun davom etadigan tadbirda 100 ga yaqin davlatdan vakillar, 250 ga yaqin xorijiy mehmon, 100 ga yaqin mahalliy korxona, xalqaro brendlar, yirik xalqaro to‘qimachilik kompaniyalari, moliya institutlari va chakana savdo vakillari, retail hamda to‘qimachilik sanoati yetakchilari ishtirok etadi.
Konferensiya ishtirokchilari sanoatning eng dolzarb masalalari va muammolarini, jumladan, sun’iy intellektning ta’siri, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, xalqaro tartibga solish, barqaror rivojlanish va ta’minot zanjirlarini optimallashtirish masalalarini muhokama qiladi.
To‘qimachilik ko‘rgazmasida milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan tanishish, V2V, V2C uchrashuvlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Tadbirni yuqori darajada o‘tkazish va yoritish uchun 15 ga yaqin davlatdan xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan.