Samarqand mahsulotlarining asosiy xaridorlari qaysi davlatlar?
Hozirda Samarqand viloyatida 3 million 800 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Viloyatda 6 249 ta sanoat korxonasi, 166 ta qo‘shma korxona, 1 119 ta xususiy firma faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur korxonalar tomonidan bir yilda 15 950 303,2 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyatdan dunyoning 60 ga yaqin davlatiga “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan 151,5 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksportning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya, Sloveniya va Germaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, yarim yilda viloyatga 70 dan ortiq davlatdan 525,7 million dollarlik tovar va xizmatlar import qilindi.
Samarqand butun dunyoni qadimiyligi va tarixiy qadamjolari bilan ham maftun etadi. Shu bois viloyatdagi 616 ta turistik ob’yekt va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun o‘tgan yili 3 million 120 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi.
Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi axborot xizmati.