6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sdi
- 03.08.2021 17:17
- 55
- Iqtisodiyot
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil I yarim yilligida iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda har bir tarmoq va hududda uchinchi chorak va yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tdi.
Unda birinchi yarim yillik natijalari asosida yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilab olinmoqda.
Davlatimiz rahbari aytib o‘tganidek, o‘tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sgan. Bunga asosan sanoat 8,5 foiz, investitsiyalar 5,9 foiz va xizmatlar hajmi 8 foizga oshgani hisobiga erishildi. Inflyasiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi.
Ushbu davrda jami 200 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatda yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryoda 26 foiz, Sirdaryoda 23, Jizzaxda 15, Toshkent shahrida 14 va Namanganda 12 foizni tashkil etdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 21 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!