“Samarqand” radiosining ko‘pchilikka tanish suxandoni - Eduard Sokolovskiy 82 yoshida vafot etdi

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining rus tilidagi eshittirishlari tahririyati katta muharriri Eduard Ivanovich Sokolovskiy 1938 yilning 24 sentyabrida Ukrainaning Kiyev shahri yaqinidagi Novgorod Volinsk qishlog‘ida tug‘ilgandi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Sokolovskiyning oilasi O‘zbekistonga, Samarqand shahriga evakuatsiya qilingan. U bu yerda hunar bilim yurtini bitirib, radiotexnik mutaxassisligini egallaydi.
Eduard Ivanovichning shundan keyingi hayoti hamda faoliyati bevosita Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi bilan bog‘liq kechdi.