Samarqand shahar hokimi maktab o‘quvchilariga dars berdi

Bugun Samarqand shahridagi 80 ta maktabda “Bilimlar kuni” va “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi tadbirga maktabning sobiq o‘quvchilari – viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov va Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng o‘zlari tahsil olgan sinfxonalarda bo‘ldi va o‘quvchi-yoshlarga “Mustaqillik darslari”ni o‘tishdi.