Samarqand shahar hokimiga savolingiz bormi?

2019 yil 17 mart kuni, soat 20:00 da Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Samarqand shahar hokimi F.Rahimov hamda shahardagi korxona va tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirokida muloqot bo‘ladi.

Siz o‘zingizni qiynayotgan muammolar bo‘yicha ko‘rsatuvgacha va ko‘rsatuv davomida (66) 233-96-01, 233-96-07 raqamli telefonlarga qo‘ng‘iroq qilib, savolingizni yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, savollaringizni “Zarafshon” gazetasining (66) 233-91-51, 233-91-53 raqamli telefonlariga hamda zarafshong@umail.uz yoki telegramm messenjeridagi @zarafshonbot manzili orqali jo‘natishingiz mumkin.

Murojaatlaringiz Samarqand shahar hokimiga yetkaziladi.