Samarqand shaharidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun sharoit yaratiladimi?
Men o‘z saylov okrugimdagi umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi holati bilan yaqindan tanishish maqsadida shahrimizdagi 12-umumta’lim maktabida bo‘ldim. Maktabda ayrim muammolar mavjud bo‘lib, ular zudlik bilan yechilmasa, yangi o‘quv yili boshlanganida bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Maktab binosiga qo‘shimcha yo‘lak orqali kirish eshigi yaroqsiz ahvolda. Muassasaning yon tomonida o‘quvchilar uchun yo‘lak mavjud emas. Pandemiya sharoitida maktab binosiga turli tomonlardan kiriladi. Shuning uchun yon tomondan ham yo‘laklar tashkil qilish kerak.
Bular bir qarashda ko‘rinib turgan muammolar. Xalq deputatlari viloyat Kengashining so‘nggi sessiyasida umumta’lim maktablarida o‘quv yilini boshlash uchun tegishli qaror qabul qilindi. Qaror bilan mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalar yuklatilgandi.
O‘ylaymizki, Samarqand shahar hokimligi mutasaddilari mazkur topshiriqqa jiddiy yondashadi, 12-maktabda o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoit yaratiladi.
Fazliddin G‘AYBULLAYeV,
14-Lolazor saylov okrugidan Samarqand shahar Kengashi deputati.