Samarqand shahri, Oqdaryo va Jomboy tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Samarqand shahridagi Shirin mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo ustida qurilgan yangi ko‘prikning foydalanishga topshirilishi ham bugungi bayram -  Samarqand shahri kuni uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Avval xabar qilganimizdek, ’’Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish" unitar korxonasi tomonidan 3,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan ko‘prikning uzunligi 90 metr, eni 7,5 metr, 100 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega.

Ko‘prik atrofi obodonlashtirib, manzarali daraxtlar hamda gullar bilan bezatildi. 

Ko‘prikka tungi yoritish chiroqlari uchun 15 ta ustun ham o‘rnatildi.

Shuningdek, ko‘prik illyuminatsion chiroqlar bilan ham bezatilgan. 

Ko‘prikning ochilishiga bag‘ishlagan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.