Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida 2 ta transformator yonib ketdi: jabrlanganlar yo‘q (foto)

Bugun, 15 iyul kuni soat taxminan 13:00 dan 14:00 lar atrofida Samarqand shahri Semurg‘ mahallasi hududida joylashgan 2 ta 400 kilovatga ega GKTP TP-720 transformatorida yong‘in sodir bo‘ldi.

Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, havo haroratining keskin isib ketishi, aholi xonadonlarida sovitkichlardan me’yoridan ortiq foydalangani uchun elektr energiyasida ortiqcha kuchlanish sodir bo‘lgan. Oqibatda 7 ta ko‘p qavatli uy hamda savdo majmualarini elektr toki bilan ta’minlab turuvchi transformatorda qisqa tutashuv ro‘y berib, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Hududda Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Zarnews.uz saytiga ma’lum qilinishicha, bugun kech soat 22:00 gacha bitta 400 kilovatga ega transformator ishga tushirilishi rejalashtirilgan.