Samarqand shahrida IIB xodimi sayyohga qo‘pol munosabatda bo‘lib, kuch ishlatgani aniqlandi

Voqea joriy yil 20 maydan 21 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari qo‘shni mamlakatdan respublikamizga mehmonga kelgan sayyohlarni shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga mas’ul rahbarlarining xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi, deyiladi vazirlik xabarida.