Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xizmat kiyimida spirtli ichimlik ichgan xodim vazifasidan bo‘shatilgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO kiyimidagi shaxsning mast holatdagi tasviri tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur xodim vazifasidan bo‘shatilib, ushbu holat kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

“Ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlar sodir qilgan xodim tizimdan bo‘shatilgan.

Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOlariga xizmatga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. "Xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi hamda ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari" uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatilgan.

Hozirda, ushbu holatni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan”, deyiladi xabarda.