Samarqand shahrida “Nekciya-3” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi, bir kishi halok bo‘lgan

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bugun, 25 fevral kuni soat 11:30 da Samarqand shahri Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan “Kamalakʼʼ MChJ avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Nekciya-3” mashinasi gaz balloniga siqilgan gaz (metan) quyish vaqtida gaz ballonda yorilishi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida shoxobchada ishlovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Z. voqea joyida halok bo‘lgan. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan. Hozirda hodisa sababi o‘rganilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilingan.