Samarqand shahrida noqonuniy barpo etilgan yana bir qurilma olib tashlandi

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududlarda ko‘p kvartirali uy-joylarda tayanch-to‘siq konstruksiyalari va kommunikatsiyalariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, umumiy foydalanish joylari, uyga tutash hududlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish qilish kabi holatlarga qarshi nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Navbatdagi tadbir davomida Samarqand shaxrining Ali Qushchi mahallasi, Rudakiy ko‘chasidagi 84-, 88-ko‘p qavatli uylar oldida fuqarolar tomonidan yengil tipdagi konstruksiyalar orqali umumiy foydalanishdagi joylarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
Fuqarolar bilan olib borilgan suhbatlar davomida qonun talabi tushuntirildi. Ushbu hudud umumfoydalanuvdagi joy ekanligi, uni kimdir egallab, shaxsiy hududi sifatida foydalanishi noqonuniy ekanligi ta’kidlandi. Natijada uzunligi qariyb 50 metr, eni 6 metr bo‘lgan noqonuniy qurilma buzib tashlandi.
Bu kabi tadbirlar rejali tarzda davom ettirilmoqda...