Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida ota farzandi uchun 90 million so‘m alimentni oldindan to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining yildagi qaroriga asosan qarzdor F.Asrorovdan undiruvchi M.Tolibjonovaning bir nafar farzandi uchun jami daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Viloyat MIB xabariga ko‘ra, ijro harakatlari davomida, qarzdorga aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borish shartligi tushuntirilgan. Shundan so‘ng u farzandining 18 yoshga to‘lganiga qadar alimentni hisoblatib, barchasini (90 million so‘m) to‘lab yuborgan.

Shu tarzda undiruvchi M.Tolibjonovaning aliment yuzasidan ijro ishi yurituvini tamomlash xaqidagi arizasi MIB tomonidan qabul qilingan.