Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinikasida ko‘krak bezi saratonini ilk bosqichda aniqlash mumkin
Mazkur poliklinikaga viloyatda yagona bo‘lgan mammografiya uskunasi 1,4 milliard so‘mga keltirilgan bo‘lib u orqali ko‘krak saratonini ilk bosqichda aniqlash mumkin.
Bu haqda ayni paytda viloyat Matbuot uyida Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Ahmadjon Bobojonov ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun: Onkologik kasalliklar, jumladan, ko‘krak bezi saratoni qanchalik erta aniqlansa uni davolash imkoni shunchalik ortadi.